Jahon | 21:56 / 17.08.2021
39324
1 daqiqa o‘qiladi

Afg‘oniston vitse-prezidentining askarlari Panjsherda toliblarga qarshi jang olib bormoqda – OAV

Xabar qilinishicha, mintaqaga marshal Abdulrashid Do‘stumga qarashli o‘n ming nafar harbiy yo‘l olgan.

Foto: AP Photo / Hamed Sarfarazi

Afg‘oniston sobiq vitse-prezidenti Amrulla Solihga qarashli kuchlar Parvon viloyatidagi Chorikor tumanini «Tolibon»dan tortib oldi. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib RIA Novosti xabar berdi.

«Hozirda Panjsher tumanida janglar bo‘lmoqda», — degan manba.

Xabarda aytilishicha, mintaqaga marshal Abdulrashid Do‘stumga qarashli o‘n ming nafar harbiy yo‘l olgan.

Chorikor orqali Kobul va Mozori Sharifni bog‘laydigan strategik muhim avtoyo‘l o‘tgan.

Avvalroq Solih prezident Ashraf G‘ani mamlakatni tark etganidan so‘ng konstitutsiyaga muvofiq u davlat rahbari hisoblanishini aytgan.

Mavzuga oid