Qarshida bir guruh shaxslar sport murabbiyini o‘ldirib ketdi
Sport murabbiyi Elbek Rahimovni qotillikdan oldin odamlar ko‘z o‘ngida kaltaklab, mashinaga solib olib ketishgan. 7 nafar gumondorga qarshi jinoiy ish ochildi, 6 kishi ushlandi.
Bugun, 17 avgust kuni Qarshi shahrida bir guruh shaxslar odamlar ko‘z o‘ngida sport murabbiyi Elbek Rahimovni urib, kaltaklashgan. So‘ng, mashinaga o‘tqazib, noma'lum tomonga olib ketishgan.
Kun.uz manbasiga ko‘ra, keyinroq murabbiyning jasadi topilgan.
Bosh prokuratura matbuot xizmatidan ma'lum qilishlaricha, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Ish doirasida 7 nafar shaxs gumonlanuvchi tariqasida jalb qilinib, ulardan 6 nafari protsessual tartibda ushlangan.
Kun.uz manbasining ma'lum qilishicha, Elbek Rahimovni urib mashinaga tiqib ketgan shaxslardan biri bilan uning o‘zaro adovati bo‘lgan.
Mavzuga oid
13:07 / 09.07.2024
Qashqadaryoda mast haydovchi YHX inspektorini pichoqlab qochdi. Inspektor vafot etgan
14:03 / 11.06.2024
Hisorak suv ombori. U qachon qurilgan va Qashqadaryo uchun nimasi bilan muhim?
10:15 / 10.06.2024
“Kimdan ruxsat so‘rab o‘rimni boshladingiz?” – Qashqadaryoda IIB xodimi fermerning faoliyatiga qarshilik qildi
17:10 / 02.06.2024