Xitoy TIV toliblar «Sharqiy Turkiston islomiy harakati»ga qarshi kurashishini bildirganini ma'lum qildi
Xitoy tashqi ishlar vazirligi vakilining ta'kidlashicha, yangi rejim «Sharqiy Turkiston islomiy harakati» va boshqa terrorchi tashkilotlarga qarshi kurash olib borishi lozim.
«Tolibon» harakati vakillari Xitoy hukumatini ular «Sharqiy Turkiston islomiy harakati» va Afg‘onistondagi boshqa terrorchi tashkilotlarga qarshi kurashishiga ishontirgan. Bu haqda Xitoy tashqi ishlar vazirligi vakili Xua Chunin ma'lum qildi.
«Sharqiy Turkiston islomiy harakati» BMT Xavfsizlik kengashi tomonidan xalqaro terrorchi tashkilot deb tan olingan. U Xitoyga bevosita tahdid soladi, unga qarshi kurashish esa xalqaro majburiyat hisoblanadi», — dedi u.
«Xitoy ilgari Afg‘oniston hukumatiga «Sharqiy Turkiston islomiy harakati»ga qarshi birgalikda kurashish taklifi bilan murojaat qilgan, «Tolibon» mas'ul vakillari ham ular hech qanday xorijiy kuchga Xitoyga qarshi harakatlarda Afg‘oniston hududidan foydalanishiga yo‘l qo‘ymasligiga ishontirgan. «Tolibon» barcha terrorchi kuchlar, jumladan, «Sharqiy Turkiston islomiy harakati»dan uzoqroq turadi, ularga qarshilik qilish bilan mintaqada barqarorlikka erishish uchun yo‘lni tozalaydi deb umid bildiramiz», — dedi diplomat.
Uning ta'kidlashicha, yangi rejim «Sharqiy Turkiston islomiy harakati» va boshqa terrorchi tashkilotlarga qarshi kurash olib borishi lozim.
«Sharqiy Turkiston islomiy harakati» Shinjon-Uyg‘ur muxtor tumani hududida mustaqil davlat tuzishni ko‘zlagan. 2020 yil noyabrda ushbu harakat AQShning terrorchi tashkilotlar ro‘yxatidan chiqarilgan.
Mavzuga oid
22:20 / 26.12.2024
Xitoyda oxirgi yillardagi iqtisodiy o‘sish yolg‘on bo‘lganmi?
18:45 / 26.12.2024
Xitoy Tibetda dunyodagi eng yirik gidroelektr stansiyasini quradi
19:57 / 25.12.2024
Xitoyda yolg‘iz insonlarni oila qurishga undovchi targ‘ibotlar kuchaytirildi
14:53 / 25.12.2024