Jahon | 22:34 / 19.08.2021
9858
2 daqiqa o‘qiladi

AQShda «pandemiya sharoitiga moslashgan» bino qurilishi boshlandi

Inshootda 310 ta rezidensiya, 210 dan ortiq mehmonxona nomerlari joylashadi. O‘nta qavat esa sog‘liqni saqlash muassasalariga beriladi. Xususan, u yerda maydoni 11 ming kvadrat metr iborat tibbiyot markazi bo‘ladi.

AQShning Mayami shahrida Legacy Tower binosi qurilishi boshlandi. Balandligi 182 metr bo‘lgan bino pandemiya sharoitida yashash uchun barcha sharoitlarga ega bo‘ladi, deb xabar berdi GlobeNewswire.

Bino Miami Worldcenter majmuasining bir qismi bo‘ladi. 55 qavatli bino qurilishi 500 million dollarga tushadi.

Inshootda 310 ta rezidensiya, 210 dan ortiq mehmonxona nomerlari joylashadi. O‘nta qavat esa sog‘liqni saqlash muassasalariga beriladi. Xususan, u yerda maydoni 11 ming kvadrat metrli tibbiyot markazi bo‘ladi.

Bino xodimlari viruslarni yo‘qotuvchi texnologiyadan foydalanadi, ventilyatsiya va suvni filtrlash tizimi ishlab turadi, mebellar mikroblarga qarshi material bilan qoplanadi.

«Bu yerda mehmonxona, rezidensiyalar va minoralar bilan birlashgan davolash-sog‘lomlashtirish markazi joylashadi. Obekt pandemiyaga tayyor bo‘ladi. Kelajakda qachondir shu yerdan boshpana topishingiz mumkin», — dedi Royal Palm Companies kompaniyasi bosh direktori Daniel Kodsi.

Mavzuga oid