AQSh toliblar egallab olgan harbiy texnikaga aviazarbalar berish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda
Qayd etilishicha, Vashington harbiy texnikalarni IShID egallab olishi yoki "Tolibon" qurollarni Xitoy yoki Rossiyaga berishi mumkinligidan tashvishlanmoqda.
AQSh hukumati toliblar qo‘liga tushgan harbiy texnikalarga aviazarbalar berish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda, deb yozadi Axios.
Qayd etilishicha, Vashington harbiy texnikalarni IShID egallab olishi yoki "Tolibon" qurollarni Xitoy yoki Rossiyaga berishi mumkinligidan tashvishlanmoqda.
"Biz afg‘on kuchlaridan tortib olingan Amerika qurollari bilan qurollangan "Tolibon" jangarilarini ko‘rdik. Bu Qo‘shma Shtatlar va uning ittifoqchilari uchun jiddiy tahdid uyg‘otadi", – dedi vakillar palatasi a'zosi Maykl MakKol.
Qayd etilishicha, zarbalar 2000dan ortiq bronetransportyor va 40tagacha samolyotni o‘z ichiga olgan nishonlarga berilishi mumkin.
Shu bilan birga, Oq uy bunday qadam toliblarni g‘azablantirishidan xavfsiramoqda.
Mavzuga oid
19:22
Amerikalik harbiy xizmatchilar orasida o‘z joniga qasd qilish holatlari ortdi
21:21 / 14.11.2024
AQSh dollarining mustahkamlanishi global muammoga aylanadi - The Economist
16:56 / 14.11.2024
AQSh saylovlarida respublikachilar Kongressda ham ko‘pchilik o‘rinni qo‘lga kiritdi
15:46 / 14.11.2024