Jizzaxda joriy yilning 7 oyida yo‘l transport hodisalari soni ma'lum qilindi
Joriy yilning o‘tgan 7 oyi davomida Jizzax viloyatida 232ta yo‘l transport hodisasi sodir etilgan. Mazkur YTH oqibatida 74 nafar fuqaro vafot etgan bo‘lsa, 187 nafar fuqaro turli darajadagi tan jarohatini olgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB katta inspektori Erkin Ochilov ma'lum qildi.
Ushbu sodir etilgan yo‘l transport hodisalari oqibatida Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bo‘yicha jami 127 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Avvalroq, 2021 yilning o‘tgan davri mobaynida Jizzax viloyati hududida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisalarining 33 tasi haydovchilarning uxlab qolib, boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida sodir bo‘lgani va mazkur yo‘l-transport hodisalarida 20 nafar inson vafot etgani ma'lum qilingan edi.
Mavzuga oid
09:25
Jizzaxda qariyb 800 mln so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan fuqaro aniqlandi
08:30 / 28.10.2024
Jizzaxda ikkita yuk mashinasi to‘qnashdi
22:09 / 14.10.2024
Jizzax viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi
20:36 / 12.10.2024