O‘zbekiston | 11:35 / 20.08.2021
4533
1 daqiqa o‘qiladi

“NBU Invest Group” Andijondagi o‘ziga tegishli “Royal Silk” MChJni auksion orqali sotuvga qo‘ydi

“NBU Invest Group” AJ tomonidan Andijon viloyati, Andijon shahri, Chinobod 12-uy manzilida joylashgan “Royal Silk” MChJ ustav fondidagi 100% ulush tayyor biznes sifatida “E-Auksion” orqali auksion savdosida sotilmoqda (lot raqami 0687262).

“Royal Silk” MChJ pilladan ipak tola ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bo‘lib, Janubiy Koreyada ishlab chiqarilgan dastgohlar bilan jihozlangan.

Korxonaning umumiy yer maydoni 1,43 gektarni, shundan bino-inshootlar joylashgan maydon 5,9 ming kv.m.ni tashkil qiladi.

Auksion g‘olibi bo‘lgan investorga 100% ulush uchun to‘lovlarni biryo‘la yoki 5 yilgacha bo‘lgan muddatda bo‘lib to‘lash imkoni taqdim etiladi.

Batafsil ma'lumotni quyidagi telefon raqamlari orqali olishingiz mumkin: 

+99871 233 84 63

+99871 233 01 68

Shoshiling, o‘z biznesingizga ega bo‘ling!

“O‘zmilliybank” AJ Matbuot xizmati

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid