Jamiyat | 16:25 / 20.08.2021
8907
5 daqiqa o‘qiladi

“O‘zbektelekom” AK tomonidan poytaxtimizning Yakkasaroy tumanida obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda

Mamlakatimiz Mustaqilligining 30 yilligi bayrami oldidan qator tashkilotlar tomonidan joylardagi hudud va mahallalarda obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish ishlari jadallik bilan olib borilmoqda. Xuddi shunday “O‘zbektelekom” AK ham bu kabi xayrli ishlarni keng ko‘lamda amalga oshirib kelmoqda. Joriy yilning 13-avgust kuni kompaniya tomonidan soha xodimlariga yurtimizning Eng ulug‘ va eng aziz bayramiga munosib tuhfa sifatida Toshkent shahrining Yakkasaroy tumani Qushbegi va Shayxontohur tumanidagi Ibn Sino mavzelarida 210 xonadonli 4 ta to‘qqiz qavatli turar joy binolari topshirilgan edi. Ta'kidlash joiz, shu munosabat bilan o‘tkazilgan tadbirda Yakkasaroy tumani hokimi Anvar Sayfutdinov tumandagi obodonlashtirish, xayr-saxovat ishlarida AKT vazirligining hissasini alohida e'tirof etgan edi.

“O‘zbektelekom” AKning «O‘zMobayl» filiali tomonidan Damariq mahallasidagi uy hovlilarida «Work out» ko‘rinishdagi yangi bolalar sport maydonchasi qurilib, atroflari obodonlashtirilib foydalanishga topshirildi. Shu jumladan, 3 ta bolalar maydonchasi ta'mirlandi hamda yana 2 tasi yangidan barpo etildi. Shuningdek, mahalla fuqarolar yig‘ini binosida joylashgan Elektron kutubxonani jihozlash ishlari amalga oshirilmoqda va u yerga 150 dan ziyod elektron kitoblar sovg‘a qilindi. Ushbu islohotlardan, albatta mahalla ko‘rkam va obod manzilga aylandi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanidagi 8 ta mahallada bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Hozirgi kunga qadar vazirlik Ishchi guruhi tomonidan mazkur mahallalar o‘rganilib, aniqlangan 433 ta muammodan 302 tasi bartaraf etildi. Shu bilan birga, vazirlik tizimidagi korxonalar tomonidan «Temir daftar», «Ayollar daftari» va «Yoshlar daftari» bo‘yicha o‘rganish olib borilib, ushbu daftarlarga kiritilgan fuqarolar bilan tashkil etilgan suhbatdan so‘ng har bir biriktirilgan hududda muhtoj, boquvchisini yo‘qotgan va kam ta'minlangan oilalar ro‘yxati shakllantirildi. Fuqarolardan jami 11 nafarining bandligi ta'minlandi.

Tumandagi ijtimoiy himoyaga muhtoj va kam ta'minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida «Temir daftar»ga kiritilgan fuqarolarning 13 nafariga moddiy yordam ko‘rsatildi. O‘ta og‘ir sharoitda yashayotgan jami 151 ta oilaga oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.

“O‘zbektelekom” AK Toshkent shahar filiali tomonidan uchta qurilish-ta'mirlash brigadasi tashkil etilib, ular tomonidan 21 ta mahallada aloqa kabellari tartibga keltirildi, shuningdek, 21 ta yangi simyog‘och ustunlari o‘rnatildi hamda 70 metr kabel kanalizatsiyasi qurilib havo aloqa liniyalari yer ostiga olindi.

Aytish joiz, kompaniyaning 7 ta hududiy pochta aloqasi bo‘limi ta'mirlanmoqda. Xususan, bugungi kunda Boshliq mahallasida joylashgan 22-pochta aloqasi bo‘limini mukammal ta'mirlash ishlari tugatilib, atrofi obodonlashtirildi. Bog‘saroy mahallasidagi 31-pochta aloqasi bo‘limi binosida esa ta'mirlash ishlari boshlab yuborildi.

Shu kabi xayr-saxovatli ishlar AKT vazirligi tizimidagi soha korxonalari tomonidan ham amalga oshirilmoqda. Jumladan, mahalla hududlaridan 119 tonna chiqindilar olib chiqilib, 1570 ga yaqin mevali, manzarali ko‘chatlar ekildi va 1 954 dan ortiq daraxtlarga shakl berilib oqlandi. Ko‘p qavatli uylarning 15 tasining tom qismi, 11 ta yerto‘la qismi, mahallalardagi 31 ta bolalar maydonchasi foydalanishga topshirildi, shundan 13 tasi yangidan qurib bitkazildi va 18 tasi ta'mirlandi. Bundan tashqari, 3 ta futbol, voleybol, basketbol, badminton o‘yingohlari ta'mirlandi. Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus doirasida aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etish borasida “O‘zbektelekom” AK tomonidan Yakkasaroy tumani hokimligi hamkorligida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazini tashkil etish ko‘zda tutilgan. Shu bilan birga, tuman hokimligida «Hudud axborot tizimi» hamda «Korxonalarni ro‘yxatga olish» axborot tizimlarini joriy etish rejalashtirilgan.

Ayni paytda bu kabi ishlar izchil davom ettirilmoqda. E'tiborlisi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tizimidagi korxona, tashkilot hamda kompaniyalar poytaxtimizning boshqa tumanlarida ham ana shunday bunyodkorlik, xayr va saxovat ishlarini amalga oshirib kelmoqda.

Sayt: uztelecom.uz

MyUZTELECOM: AppStore, Google Play

Facebook: fb.com/uztelecom

Texnik qo‘llab-quvvatlash: fb.com/groups/tshtt.uz 

Instagram: @uztelecomuz

Telegram: t.me/uztelecomuz

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid