Jahon | 23:48 / 22.08.2021
18044
1 daqiqa o‘qiladi

Britaniyalik yuqori lavozimli harbiy Bayden tribunal oldida javob berishi kerakligini aytdi

AQSh prezidenti Jo Bayden “AQSh va uning qurolli kuchlariga xiyonat qilgani uchun” AQSh qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni sifatida harbiy tribunal oldida javob berishi lozim. Bunday fikrni Fox News telekanaliga intervyuda Afg‘onistondagi britan qo‘shinlarining sobiq qo‘mondoni, polkovnik Richard Kemp bildirdi. 

Foto: Fox News

 Harbiy Baydenga Afg‘onistondan qo‘shinlarni olib chiqqani uchun impichment e'lon qilish taklifiga shunday izoh bergan. 
 
“Fikrimcha, Baydenga impichment e'lon qilmaslik kerak. U toliblarga taslim bo‘lgan AQSh qurolli kuchlari bosh qo‘mondonidir. U AQSh va uning qurolli kuchlariga xiyonat qilgani uchun harbiy tribunal oldida javob berishi kerak”, deb aytgan Kemp.
 
Uning ta'kidlashicha, Xitoy va Rossiya go‘yoki “Tolibon” hokimiyatini tan oldi va Eron hamda Pokiston bilan birlashib, urushdan aziyat chekuvchi Afg‘onistonni “talon-toroj qilish hisobiga yanada boyiydi”. 

Mavzuga oid