Buxoroda ko‘p miqdorda giyohvand modda saqlab kelgan fuqaro qo‘lga olindi
G‘ijduvon tumanida huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda yashash xonadonining tomorqasida kannabis giyohvand o‘simligini ekkan fuqaro ushlandi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, 1978 yilda tug‘ilgan fuqaro T.U. 7 tup kannabis giyohvand o‘simligini ekib, parvarishlab kelgan. Shuningdek, u xonadoni yotoqxonasi hamda omborxonasida ekspertiza xulosasiga ko‘ra, 373,15 gramm bo‘lgan ko‘p miqdordagi marixuana giyohvand moddasini saqlab kelayotgani ham ma'lum bo‘lgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Oldinroq Buxoroda 85 yoshli otaxon 520 tup ko‘knor o‘stirayotgani aniqlangandi.
Mavzuga oid
11:34
Buxoroda 1 mlrd so‘mdan ziyod elektrdan noqonuniy foydalangan tadbirkor aniqlandi
15:04 / 03.11.2024
Buxoroda xotiniga og‘ir tan jarohati yetkazgan shaxs qamoqdan ozod qilinib, shartli jazo tayinlandi
20:48 / 09.10.2024
Buxoroning yangi aeroporti soatiga 8 ta samolyotga xizmat ko‘rsatadi
13:45 / 09.10.2024