Sirdaryoda koronavirus tahliliga oid soxta hujjatlar tayyorlab kelgan shaxs ushlandi
Sirdaryo viloyati Yangiyer shahrida xorijga chiquvchi fuqarolarga koronavirusga chalinmaganligi qayd etilgan soxta hujjatlar tayyorlab kelgan fuqaro ushlandi. Bu haqda Sirdaryo viloyati IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi ma'lum qildi.
Sirdaryo viloyati IIB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi tezkor xodimlari tomonidan olingan tezkor ma'lumotlarga ko‘ra, Yangiyer shahrida avia chiptalar sotish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi fuqaro U.I horijga chiqib ketish istagida avia chiptalar xarid qilish uchun murojaat etib keluvchi fuqarolarga go‘yoki kasallikka chalinmaganligi va sog‘lom ekanligini tasdiqlovchi tibbiy test natijalari qayd etilgan maxsus tibbiy ma'lumotnomalarni 200 ming so‘m evaziga tayyorlab berish bilan shug‘ullanib kelayotganligi ma'lum bo‘lgan.
2021 yil 18 avgust kuni viloyat IIB JQB tomonidan o‘tkazilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida, yollanma ishlar bilan shug‘ullanish maqsadida Rossiyaga uchib ketish istagida avia chipta xarid qilgan ariza muallifi A.R.ga 200 000 so‘m evaziga Toshkent shahrida faoliyat ko‘rsatuvchi hususiy klinika tibbiy laboratoriyasi orqali go‘yoki koronavirus kasalligiga chalinmaganligi va sog‘lom ekanligini tasdiqlovchi tibbiy test sinov natijalari qayd etilgan maxsus tibbiy ma'lumotnomani rasmiylashtirib bergan vaqtida kimyoviy ishlov berilgan naqd pullar bilan ushlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan fuqaro U.I va boshqalarga nisbatan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Avvalroq, Shirin shahrida talab yuqori bo‘lgan dori vositalarini 3 ming AQSh dollariga sotayotgan shaxslar ushlangani ma'lum qilingan edi.
Mavzuga oid
18:31 / 23.09.2024
Qozog‘iston va O‘zbekiston Sirdaryoda 10 ta gidropost tashkil qiladi
08:00 / 13.09.2024
Sirdaryoda 2 yoshli bog‘cha bolasi vafot etgani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
16:00 / 07.09.2024
Sirdaryo, Navoiy va Toshkent viloyatida “prava” olib berishni va’da qilganlar ushlandi
08:10 / 06.09.2024