O‘zbekiston | 12:07 / 25.08.2021
2101
2 daqiqa o‘qiladi

Surxondaryoda savdo do‘konidan 45ta telefon o‘g‘irlagan shaxsga jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanida joylashgan savdo do‘konidan 45ta telefon o‘g‘irlagan shaxsga jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, joriy yil 8 iyul kuni Qumqo‘rg‘on tumanining Beshqahramon mahallasida joylashgan savdo do‘konidan jami narxi 79 million 870 ming so‘m bo‘lgan 45 dona telefon apparatlari hamda bir qancha aksessuarlar o‘g‘irlab ketilgan.

Mazkur holat yuzasidan Qumqo‘rg‘on tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan tergov harakatlari olib borilgan. Tezkor-surishtiruv natijasida ushbu o‘g‘rilikni Uzun tumanida yashovchi A.D. sodir etgani aniqlangan.

Qayd etilishicha, mazkur hodisa yuzasidan Qumqo‘rg‘on tumani IIB tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid