AQSh razvedkasi: Terrorchilar Kobul aeroporti atrofida hujumlar uyushtirishga tayyorlanmoqda
CNN manbalarining so‘zlariga ko‘ra, AQSh razvedkasi “ID-Xuroson” guruhi “ko‘plab hujumlar uyushtirish imkoniyatiga egaligi va hujumlarni amalga oshirishni rejalashtirgani to‘g‘risidagi” ma'lumotlarga ega.
“ID-Xuroson” guruhi jangarilari Kobul aeroporti yaqinida ko‘plab hujumlar uyushtirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Pentagondagi manbalariga tayanib CNN telekanali xabar berdi.
Telekompaniyaning qayd etishicha, AQSh hukumati terrorchilar aeroportda “xaos yoyishidan” xavotirlanmoqda. CNN manbalarining so‘zlariga ko‘ra, AQSh razvedkasi “ID-Xuroson” guruhi “ko‘plab hujumlar uyushtirish imkoniyatiga egaligi va hujumlarni amalga oshirishni rejalashtirgani to‘g‘risidagi" ma'lumotlarga ega.
Ta'kidlanishicha, oxirgi vaqtda AQSh razvedkasi ekstremistlar tomonidan ko‘plab xatarlarni qayd etmoqda. Afg‘onistondagi ikki qamoqxonadan IShIDning 100 ga yaqin tarafdorlari qochib ketganidan so‘ng AQSh hukumatining xavotiri yanada kuchaygan.
CNN “ID-Xuroson” a'zolari toliblarning “ashaddiy dushmanlari” ekanligini qayd etgan.
Mavzuga oid
08:31
Aeroportga ishga joylashtirish evaziga 1,5 ming dollar olgan xodim ushlandi
16:28 / 01.11.2024
Zarafshon shahri aeroporti faoliyati tiklanishi mumkin
07:37 / 26.10.2024
Toshkent aeroporti yaqinidagi yangi yo‘l o‘tkazgich ishga tushirildi
00:08 / 20.10.2024