O‘zbekiston | 12:56 / 26.08.2021
13782
1 daqiqa o‘qiladi

Jinoyat kodeksida bir nechta yangi jinoiy javobgarlik turlari belgilandi

"O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi qonun prezident tomonidan imzolandi.

Adliya vazirligi xabariga ko‘ra, qonun bilan Jinoyat kodeksida bir nechta yangi jinoiy javobgarlik turlari belgilandi. 

Jumladan, hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish, ya'ni g‘arazli yoki boshqa past niyatlarda ularni qiynoqqa solish yoxud ularga azob berish ularning o‘limiga yoki mayib bo‘lishiga olib kelsa, shunday harakatlar uchun ma'muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa – 12 mln 250 ming so‘m jarimadan 6 oygacha ozodlikdan mahrum qilishgacha jazo choralari qo‘llanilishi belgilandi.

Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar hisoblanmaydigan kuchli ta'sir qiluvchi yoxud zaharli moddalarni o‘tkazish maqsadida tayyorlash yoxud qayta ishlash uchun asbob-uskunalarni tayyorlash, olish, saqlash, tashish, jo‘natish yoki o‘tkazish 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Mavzuga oid