Jahon | 22:49 / 26.08.2021
14868
1 daqiqa o‘qiladi

Pokistonlik haydovchi Kobul aeroportini ko‘rishga kirib AQShga borib qoldi

Pokistonlik haydovchi yuk mashinasini Kobul ko‘chalarida qoldirdi va aeroportda nima sodir bo‘layotganini ko‘rmoqchi bo‘lib aeroportga kirib ketdi. So‘ng qarindoshlariga AQShdan qo‘ng‘iroq qildi.

Foto: AFP

Pokistonning Torkham shahridan kelgan yuk mashina haydovchisi Masho Shinvari Kobul aeroportida sodir bo‘layotgan voqealarni ko‘rishga kirib tasodifan AQShga evakuatsiya qilingan. Shinvari qarindoshlariga AQShdan qo‘ng‘iroq qildi, deb xabar berdi The Siasat Daily nashri.

Shinvarining oilasi uch kun davomida u bilan bog‘lana olmadi va uni halok bo‘ldi degan qarorga kelgan.

Ma'lum bo‘lishicha, Shinvari yuk mashinasini Kobul ko‘chalarida qoldirgan va poytaxt aeroportida nima sodir bo‘layotganini ko‘rishga borgan. Natijada, pokistonlik AQShga ketayotgan evakuatsiya samolyotiga qandaydir tarzda tushib qolgan.

Shu bilan birga, AQSh harbiylari Kobuldan evakuatsiya qilishni davom ettirmoqdalar hamda Kobuldagi terroristik hujumlarga harbiy javob berishga tayyorgarlik ko‘rishmoqda.

Avvalroq, ommaviy axborot vositalari Kobuldagi Italiya samolyotining bombardimon qilinishi haqida xabar bergan edi.

Mavzuga oid