Akusherga zo‘rlik qilgan sobiq ichki ishlar xodimiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Zo‘ravon qo‘lga olingan.
Ijtimoiy tarmoqlarda erkak kishining O‘zbekiston tumani tibbiyot birlashmasining tug‘uruqxona bo‘limi akusher-ginekologining sochidan tortib sudragani aks etgan lavha ortidan Farg‘ona viloyati IIB tomonidan rasmiy munosabat bildirildi.
Bildirilishicha, O‘zbekiston tumani tibbiyot birlashmasining tug‘uruq bo‘limida kelini M.S. dunyoga keltirgan o‘g‘il chaqaloqning 27-avgust kuni vafot etganligidan xabar topgan qaynota S.S. tug‘uruq bo‘limida ishlovchi akusher-ginekolog Yu.A.ning sochidan tortib, urib-do‘pposlab, xodimga tan jarohati yetkazgan.
Holat yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv natijasiga ko‘ra, S.S.ga nisbatan O‘zbekiston tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 277-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan.
Mazkur jinoyat ishi bo‘yicha hozirda Farg‘ona viloyati IIB huzuridagi tergov boshqarmasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Qayd etilishicha, fuqaro S.S. muqaddam ichki ishlar organlarida xizmat qilib, surunkali ravishda xizmat intizomini buzib, ichki ishlar organlari xodimlariga nomunosib xatti-harakatlar sodir etganligi uchun, salbiy sabablarga ko‘ra, 2002 yilda ichki ishlar organlaridan bo‘shatilgan.
Jinoyat ishining tergovi Farg‘ona viloyati prokurori hamda Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i tomonidan nazoratga olingan.
Avvalroq Sog‘liqni saqlash vazirligi zo‘ravonning sobiq ichki ishlar xodimi ekanini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
09:47 / 12.11.2023
Farg‘onada fuqaro 1,1 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi
09:20 / 26.02.2023
Farg‘onada 1,5 ming dollar evaziga ingliz tili sertifikatini olib berishni va’da qilgan shaxslar ushlandi
22:11 / 13.12.2022
Bloger Olimjon Haydarov 21 mln so‘m jarimaga tortildi
12:10 / 09.12.2022