Denovda IIB xodimlari fuqarolarni sababsiz olib ketgani aytildi. Viloyat IIB YHXB holatga izoh berdi
Joriy yil 29 avgust kuni ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyati Denov tumanida ichki ishlar xodimlari fuqarolarni hech bir sababsiz olib ketayotgani aytilgan videolavha tarqaldi. Viloyat IIB YHXB holat bo‘yicha Kun.uz’ga ma'lumot berdi.
Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 29 avgust kuni soat 10:30larda, Denov tumani Zahiriddin Muhammad Bobur mahallasi hududidagi Mustaqillik ko‘chasida jamoat tartibini saqlash uchun xizmatga jalb qilingan Denov tuman IIB 2-son XPG profilaktika inspektori Z.Bakirov fuqarolardan biri davlat raqami 75 F 484 FA bo‘lgan «Lada» mashinasini piyodalar yo‘lakchasi ustiga qo‘yganini aniqlagan.
Profilaktika inspektori keyinchalik surishtiruv davomida o‘zini Zafar Karimov deb tanishtirgan fuqaroga mashinasini piyodalar o‘tish yo‘lagidan boshqa joyga olishini aytgan. Fuqaro esa transport vositasini piyodalar yo‘lagidan olmagan va inspektorga faol qarshilik ko‘rsatgan. Uning qonuniy talablarini bajarmasdan, shu yerda turgan fuqarolarni o‘ziga jalb qilib janjal ko‘targan.
Qayd etilishicha, profilaktika inspektorining qonuniy talablarini bajarmagandan so‘ng fuqaro Z.Karimov atrofdagi odamlarni o‘ziga qaratib IIB xodimini obro‘sizlantirishga uringan. Shundan so‘ng shu yaqin atrofda xizmat vazifasini olib borayotgan profilaktika inspektori katta leytenant Sh.To‘rayev ham hodisa yuz berayotgan joyga kelgan va fuqaro Z.Karimovga jamoat joyida fuqarolarni o‘ziga qaratmasligini, ichki ishlar bo‘limiga borib o‘sha yerda gaplashishini aytgan.
Fuqaro IIB xodimlariga faol qarshilik ko‘rsatib hech qayerga bormaslikni aytgan. XPB xodimlari ushbu fuqaroni IIBga olib kelish maqsadida mashinaga mindirmoqchi bo‘lganda keyinchalik o‘zini Abdulaziz Choriyev va Farrux Ibragimov deb tanishtirgan fuqarolar ham Z.Karimovning yonida turib IIB xodimlari uni bo‘limga olib borishiga faol qarshilik ko‘rsatgan.
Ta'kidlanishicha, qo‘shimcha kuchlar yordamida fuqarolar Z.Karimov, A.Choriyev va F.Ibragimov tuman IIB binosiga olib kelinib, ularga nisbatan Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 1281,194,195-moddalari bilan tegishli tartibda ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Mavzuga oid
14:40 / 22.08.2024
Maktabga emas, qamoqqa: Denovda 9-sinf o‘quvchisi qamoqqa olindi
12:50 / 22.05.2024
Surxondaryoda fuqaro hovlisida ko‘p miqdorda ko‘knori o‘stirib kelayotgani aniqlandi
21:33 / 16.05.2024
“Rulda sudya bo‘lganini ko‘rganlar bor” – Denovda YTHda halok bo‘lgan advokatning yaqinlari
11:49 / 13.05.2024