Moskva Afg‘onistonning oltin-valuta zaxiralarini muzlatish oqibati yaxshi bo‘lmasligi haqida ogohlantirdi
Zamir Kabulovning so‘zlariga ko‘ra, bosim o‘tkazish siyosati giyohvandlik moddalari eksportining o‘sishi va AQSh qoldirib ketgan qurollarning qora bozorga chiqib ketishiga olib keladi.
Moskva G‘arb mamlakatlarini Afg‘onistonning xorijdagi oltin-valuta zaxiralarini muzlatish oqibatlaridan ogohlantiradi, bu mamlakat xalqi uchun qo‘shimcha muammolar keltirib chiqaradi, dedi Rossiya prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zamir Kabulov.
«G‘arbdagi hamkorlarimiz rostdan ham afg‘on xalqi taqdiri haqida qayg‘urayotgan bo‘lsa, u holda Afg‘onistonning Qo‘shma Shtatlardagi banklarda saqlanayotgan oltin-valuta zaxiralarini muzlatish orqali qo‘shimcha muammo paydo qilmasligi, aholiga yordam berish uchun gumanitar yo‘laklar ochilishi, ya'ni odamlarning mamlakatdan qochishiga qo‘shimcha rag‘bat bermasligi kerak», — dedi diplomat.
Buning o‘rniga bosim o‘tkazish taktikasi tanlanadigan bo‘lsa, bu giyohvandlik moddalari eksportining o‘sishi va AQSh qoldirib ketgan qurollarning qora bozorga chiqib ketishiga olib keladi, deb ogohlantirdi u.
Kabulov shuningdek, amerikaliklar qoldirgan qurollar fuqarolar urushini davom ettirish uchun qo‘llanmasligiga umid bildirdi.
Mavzuga oid
21:22 / 01.10.2024
Alisher Usmonov Germaniya sudida yana bir bor yutib chiqdi
20:32 / 01.10.2024
Rossiyalik ikki sportchi O‘zbekiston milliy jamoasiga o‘tadi
20:24 / 01.10.2024
Moskvada migrantlarga soxta hujjat tayyorlagan jinoiy guruh qo‘lga olindi
14:50 / 01.10.2024