O‘zbekiston Germaniya ro‘yxatida bo‘lgan, toliblar rejimidan qochayotganlar uchun chegaralarini ochishga tayyor - Germaniya TIV
Germaniya tashqi ishlar vaziri Hayko Maas O‘zbekiston Germaniya ro‘yxatida xavf ostida va evakuatsiyaga muhtoj deb hisoblangan «Tolibon» siyosiy tuzumidan qochayotgan shaxslarga o‘z chegaralarini ochishga tayyorligini bildirganini ma'lum qildi. Reuters axborot agentligining ma'lum qilishicha, bu haqda 30 avgust kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Germaniya Federativ Respublikasi Federal tashqi ishlar vaziri Hayko Maas o‘rtasidagi uchrashuvda ma'lum qilingan.
Germaniya tomoni Afg‘onistondan yana evakuatsiya qilinishi kerak bo‘lgan 10 mingga yaqin odam borligini bildirgan. Ularning orasida Germaniya fuqarolari, xavf guruhiga kiruvchi huquq faollari, jurnalistlar va mahalliy afg‘onlar bor.
Hayko Maas ayni kunlarda Turkiya, O‘zbekiston, Tojikiston, Pokiston va Qatar bo‘ylab safar qilmoqda. Diplomat yuqorida qayd etilgan shaxslarni samolyot orqali yoki qo‘shni mamlakatlardagi quruqlik yo‘li bilan evakuatsiya qilish borasida muzokaralar olib boradi.
Shuningdek, u O‘zbekiston Germaniyaga ushbu toifadagi odamlarni olib chiqishda yordam berishga tayyorligini bildirganini ma'lum qildi.
Mavzuga oid
19:07 / 13.09.2024
Abdulaziz Komilov AQShning Afg‘oniston bo‘yicha vakili bilan uchrashdi
11:10 / 14.08.2024
Abdulaziz Komilov: «Qo‘shnilar bilan hech qanday muammo bo‘lmasligiga erishish – tashqi siyosatimizning ustuvor yo‘nalishi»
15:50 / 20.01.2024
Abdulaziz Komilov Bryusselda YeK rahbarining bosh maslahatchisi bilan uchrashdi
12:52 / 20.01.2024