O‘zbekiston | 07:51 / 31.08.2021
6887
2 daqiqa o‘qiladi

Ohangaronda yuk mashinasi bog‘cha devoriga borib urildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Ohangaron tumanidagi Sanam qishlog‘ida yaqinda ochilish marosimi bo‘lgan bog‘chaga «Toshkent suv ta'minoti» MChJga tegishli bo‘lgan yuk mashinasi borib urilgani haqida xabar tarqaldi. «O‘zsuvta'minot» ushbu holat yuzasidan ma'lumot berdi.

Qayd etilishicha, harakatlanish paytida mashina rulining gidravlika qismi nosoz holga kelgani tufayli haydovchi boshqaruvni yo‘qotgani va bolalar bog‘chasining himoya devoriga urilib, unga shikast yetkazgani aniqlangan.

“Olib borilgan o‘rganishlar natijasida, yuk mashinasi haydovchisi mast holatda bo‘lmagani hamda har kuni yo‘lga chiqishdan oldin tibbiy ko‘rikdan o‘tgani, sog‘lom holatda bo‘lgani tasdiqlangan”, deyiladi ma'lumotda.

«Toshkent suv ta'minoti» MChJning xodimlari bog‘cha mudirasi bilan bog‘cha himoya devorini qayta tiklash bo‘yicha kelishib olgani aytiladi. Hozirda maxsus texnika (avtokran)dagi nosozlik bartaraf etilib, ishga shay holatda ekani bildirilgan. 

«Toshkent suv ta'minoti» MChJ xodimlari tomonidan bolalar bog‘chasining himoya devori qayta tiklanmoqda. Bu bo‘yicha yana qo‘shimcha ma'lumot beriladi», deya yakunlangan xabar.

Mavzuga oid