Jamiyat | 09:06 / 06.09.2021
2344
1 daqiqa o‘qiladi

Buxoroda «Nexia» yuk mashinasi bilan to‘qnashdi. 19 yoshli haydovchi vafot etgan

Peshko‘ tumanida inson o‘limi bilan bog‘liq ayanchli avtohalokat sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda. 

Ma'lum qilinishicha, 2002 yilda tug‘ilgan fuqaro B.B. «Nexia» mashinasini boshqarib borayotib, tumanning O‘g‘lon mahallasi hududidan o‘tuvchi 4R-48-sonli avtomobil yo‘lining 315-kilometrida ehtiyotsizlik tufayli qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan. Buning oqibatida «Nexia» harakatlanib kelayotgan yuk mashinasi bilan to‘qnashgan.

19 yoshli «Nexia» haydovchisi og‘ir tan jarohati olib, tuman markaziy kasalxonasida vafot etgan.

Holat yuzasidan surishtiruv ishlari o‘tkazilmoqda.

Oldinroq Shofirkon tumanida ikkita «Nexia» o‘zaro to‘qnashgan hamda yo‘lovchilardan biri og‘ir tan jarohatlari olgandi. 

Mavzuga oid