«Onlayn maktab» darslari uchun alohida telekanallar ajratildi
2021-2022 o‘quv yilida “Onlayn maktab” ruknidagi televizion darslari Milliy teleradiokompaniyaning alohida telekanallari orqali berib boriladi. Bu haqda Xalq ta'limi vazirligi xabar qildi.
Qayd etilishicha, ushbu telekanallarni televizordan topish uchun “avtoqidiruv” (avtopoisk) tugmasini bosish lozim. Telekanallar ro‘yxatida “1-4-sinflar”, “5-8-sinflar”, “9-11-sinflar” telekanallari paydo bo‘ladi.
"Onlayn maktab" loyihasi orqali vaqtincha maktabga bormayotgan bolalar darslarini o‘zlashtirib borishlari mumkin.
Ma'lum qilinishicha, ushbu darslar Xalq ta'limi vazirligining “Online-Maktab” loyihasining rasmiy kanali orqali ham berib boriladi.
Avvalroq, maktablarda yangi o‘quv yili to‘liq an'anaviy shaklda boshlanishi, vaqtincha yopilgan maktablar uchun teledarslar ham yo‘lga qo‘yilishi xabar qilingandi.
Mavzuga oid
14:30 / 14.10.2024
Gurjiston TV-kanallari hukmron partiya roligini ko‘rsatishdan bosh tortdi
09:39 / 28.09.2024
Germaniyada Rossiya targ‘ibot telekanallari efiri bloklandi
17:27 / 11.08.2024
Markaziy Osiyoning umumiy telekanali tashkil etilishi mumkin
11:26 / 20.07.2024