Tojikiston - O‘zbekiston investitsiya kompaniyasi tashkil etilmoqda
Tojikiston - O‘zbekiston investitsiya kompaniyasini tashkil etish to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi.
“Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.
Qaror bilan Tojikiston Respublikasining Dushanbe shahrida 2021 yil 10 iyun kuni O‘zbekiston hamda Tojikiston Respublikasi Hukumati o‘rtasida imzolangan Tojikiston-O‘zbekiston investitsiya kompaniyasini tashkil etish to‘g‘risidagi Bitim tasdiqlandi.
Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mazkur xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas'ul bo‘lgan vakolatli organ etib belgilandi.
Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgach, uning qoidalari amalga oshirilishi ustidan nazoratni ta'minlaydi.
Mavzuga oid
15:30
Moskva Rossiya bozorini tark etgan xorijliklar uchun to‘lovni oshirmoqchi
13:42 / 12.09.2024
Kiyevdagi eng ko‘p xorijiy kompaniya o‘zbekistonliklar hisobiga to‘g‘ri kelmoqda – Ukraina elchisi
14:40 / 09.09.2024
"Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi"ga qo‘shimcha vazifalar yuklandi
22:19 / 28.08.2024