Oksford va Kembrij ilk bor Britaniya universitetlari reytingida yetakchilikni boy berdi
Qayd etilishicha, Buyuk Britaniya reytinglarida shu paytgacha hech bir oliy o‘quv yurti bu ikki universitetdan yuqori ko‘tarila olmagandi. Kembrij sakkiz yil davomida Times reytingida birinchi o‘rinni olgandi, ammo bu yil uchinchi o‘ringa tushib ketdi.
Oksford va Kembrij universitetlari ilk bor The Times gazetasi tuzgan reytingda yetakchilikdan mahrum bo‘ldi.
Gazetaning yozishicha, Buyuk Britaniya reytinglarida shu paytgacha hech bir oliy o‘quv yurti bu ikki universitetdan yuqori ko‘tarila olmagandi. Kembrij sakkiz yil davomida Times reytingida birinchi o‘rinni olgandi, ammo bu yil uchinchi o‘ringa tushib ketdi.
Nashr versiyasi bo‘yicha Shotlandiyada joylashgan Sent Endryus universiteti Buyuk Britaniyaning eng yaxshi universiteti deb topildi. Universitet 1413 yilda tashkil etilgan bo‘lib, Shotlandiya qiroli Yakov II va Britaniya shahzodasi Uilyam mazkur oliy o‘quv yurti bitiruvchilari hisoblanadi.
Times London Imperiya kollejini «yil universiteti» deb topdi. Imperiya kolleji reytingda to‘rtinchi o‘rinni egalladi.
Mavzuga oid
21:52 / 17.09.2024
Buyuk Britaniya noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashga 75 mln funt ajratadi
20:09 / 14.09.2024
Britaniyada ayol farzandini «ikki marta tug‘di»
16:34 / 13.09.2024
Britaniya IIV rahbari mamlakatdagi “o‘g‘rilik epidemiyasi” haqida nutq so‘zlayotganda uning hamyonini o‘g‘irlab ketishdi
22:17 / 10.09.2024