Jahon | 19:13 / 21.09.2021
16605
2 daqiqa o‘qiladi

Toliblar vakili tanqid qilishdan avval ularning hukumatini tan olishga chaqirdi

Mujohid harakat Afg‘onistonning ishlariga biron-bir mamlakat aralashishini istamasligini aytdi. Uning qo‘shimcha qilishicha, “Tolibon” xalqaro hamjamiyat bilan hamkorlikni ma'qullaydi.

Foto: Reuters

“Tolibon” harakati vakili Zabihulla Mujohid dunyo hamjamiyatini avval “Afg‘oniston Islom Amirligi” hukumatini tan olishga, shundan keyingina uning siyosatini tanqid qilishga chaqirdi.

U jurnalistlar bilan suhbatda xorij davlatlari “Tolibon” harakatini inson huquqlarini buzgani uchun tanqid qilishini qayd etdi.

“Biz buni bir tomonlama nuqtayi nazar deb hisoblaymiz. Toliblar ma'muriyatini tan olganlar muammolarni yangi hukumat oldida yuridik jihatdan ko‘tarib chiqishi mumkin. Ular Afg‘oniston hukumatini tan olganidan keyin bu muammolarni hal qilish ustida ishlaymiz”, – deya uning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Geo TV telekanali.

Mujohid, shuningdek, harakat Afg‘onistonning ishlariga biron-bir mamlakat aralashishini istamasligini aytdi. Uning qo‘shimcha qilishicha, “Tolibon” xalqaro hamjamiyat bilan hamkorlikni ma'qullaydi.

“Muammolarga qaramasdan, Afg‘oniston tez orada barqarorlik guvohiga aylanadi”, – dedi u.

Mavzuga oid