O‘zbekiston | 09:00 / 21.09.2021
7764
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent davlat Stomatologiya instituti Rossiyaning nufuzli Xalqlar do‘stligi universiteti bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ydi

Oliy ta'lim tizimidagi xalqaro hamkorlik soha rivojlanishining obektiv trendi bo‘lib, uning doirasida milliy ta'lim dasturlari takomillashishiga va ekspertlar diskussiyasining shakllanishiga olib keluvchi xalqaro loyiha va dasturlarning ahamiyati ortmoqda.

Oliy ta'lim muassasalari orasida hamkorlikni kengaytirish, xalqaro standartlar asosida tibbiy xizmatlar sifatini oshirishni ta'minlash, ilmiy salohiyatni kuchaytirish maqsadida Toshkent davlat Stomatologiya instituti hamda Rossiya Xalqlar do‘stligi universiteti hamkorligida qo‘shma ta'lim dasturi tashkil etildi. Universitet dunyo reytingi bo‘yicha eng yuqori 500 talikka kirgan. Dunyoda 25000 dan ortiq oliy ta'lim muassasalari mavjud bo‘lib, QS ularning eng yaxshilarining reytingini ko‘rsatadi. RUDN – 326-o‘rinda. Toshkent davlat Stomatologiya instituti Rossiyaning mazkur nufuzli universiteti bilan “Stomatologiya” va “Davolanish” yo‘nalishlarini tashkil qilgan.

Kelajakka yo‘naltirilgan, zamonaviy talablarga javob beradigan yangi ta'lim tizimining yaratilishi, davlat innovatsion rivojlanishining muhim shartlaridan biri bo‘lib, jamiyatning iqtisodiy o‘sishi va ijtimoiy rivojlanishining asosi va fuqarolar farovonligining muhim omili hisoblanadi.

Taqdimot davomida mazkur dasturning mahalliy kadrlar tayyorlashdagi o‘ziga xos o‘rni, o‘quv dasturi xalqaro talablarga mos ravishda tuzilganligi, ta'lim jarayoni Toshkent davlat stomatologiya instituti negizida tashkil etilishi talabalarimizga qulaylik tug‘diradi. Bakalavriatura dasturini muvaffaqiyatli bitirib, bitiruv malakaviy ishini himoya qilgan bitiruvchilar ikkala oliy o‘quv yurtining diplomlariga ega bo‘ladi va dunyoning istalgan hududida kasblari doirasida faoliyat olib borishlari mumkin.

Toshkent davlat stomatologiya instituti axborot xizmati Ⓣ

Mavzuga oid