O‘zbekiston | 11:10 / 27.09.2021
18584
2 daqiqa o‘qiladi

Koronavirus: O‘zbekistonda so‘nggi uch oydagi eng past ko‘rsatkich qayd etildi

Sog‘liqni saqlash vazirligi so‘nggi bir kunda O‘zbekistonda 400dan ortiq kishida koronavirus, 68 kishida pnevmoniya aniqlangani, ikki kasallikdan jami 4 kishi vafot etgani haqida xabar berdi.

«2021 yil 26 sentabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 172493 (+403) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi xabarda.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 29 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 10 nafari Andijon viloyatida,
  • 6 nafari Buxoro viloyatida,
  • 7 nafari Jizzax viloyatida,
  • 5 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 4 nafari Navoiy viloyatida,
  • 15 nafari Namangan viloyatida,
  • 36 nafari Samarqand viloyatida,
  • 9 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 15 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 29 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 7 nafari Xorazm viloyatida,
  • 90 nafari Toshkent viloyatida,
  • 141 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

O‘zbekistonda so‘nggi marta bundan kam kunlik ko‘rsatkich 21 iyun kuni qayd etilgan - o‘shanda 395ta kasallanish holati ro‘yxatga olingandi.

Kecha kun davomida: 

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 29 nafar,
  • Andijon viloyatida 12 nafar,
  • Buxoro viloyatida 6 nafar,
  • Jizzax viloyatida 13 nafar, 
  • Qashqadaryo viloyatida 4 nafar, 
  • Navoiy viloyatida 3 nafar,
  • Namangan viloyatida 12 nafar,
  • Samarqand viloyatida 38 nafar,
  • Sirdaryo viloyatida 17 nafar,
  • Surxondaryo viloyatida 16 nafar,
  • Farg‘ona viloyatida 29 nafar,
  • Xorazm viloyatida 7 nafar,
  • Toshkent viloyatida 109 nafar,
  • Toshkent shahrida 123 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 167199 (+418) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 97 foizni tashkil etmoqda.

SSV so‘nggi bir kunda koronavirusga chalingan bemorlarning yana 3 nafari vafot etgani haqida xabar berdi, pandemiya boshidan buyon rasmiy statistika bo‘yicha koronavirus tufayli qayd etilgan o‘lim holatlari soni 1225 nafarni tashkil qilmoqda.

26 sentabr kuni 68 kishida pnevmoniya aniqlanib, jami holatlar soni 26980taga yetdi. Kecha bemorlarning 32 nafari sog‘ayib, umumiy sog‘ayganlar soni 25269 nafarni tashkil qilmoqda.

Shuningdek, 1 bemor vafot etib, shu kungacha pnevmoniyadan vafot etganlar soni 225 nafarga yetdi.

Mavzuga oid