Captiva 5’ning narxlari e'lon qilindi
«Saptiva 5» 221 mln 691 ming so‘mdan 309 mln 900 ming so‘mgacha narxda sotuvga chiqariladi.
Avtomobil to‘rtta – LT , LT 5, LT 7 va Premier modifikatsiyalarida sotuvga chiqariladi.
Saptiva 5’ning turli modellari narxlari quyidagicha:
- Saptiva LT(192 mln 775 ming so‘m, QQS qo‘shib hisoblanganda 221 mln 691 ming so‘m);
- Saptiva LT 5 ( 238 mln 86 ming 957 so‘m, QQS qo‘shib hisoblanganda 273 mln 800 ming so‘m);
- Saptiva LT 7 ( 244 mln 782 ming 609 so‘m, QQS qo‘shib hisoblanganda 281 mln 500 ming so‘m);
- Saptiva 5 Premier ( 269 mln 478 ming 261 so‘m, QQS qo‘shib hisoblanganda 309 mln 900 ming so‘m)
Ma'lumot uchun, O‘zbekistonga olib kelinayotgan Chevrolet Captiva Premier/LT modifikatsiyalari ishchi hajmi 1,5 litr bo‘lgan 4 silindrli turbodvigatel o‘rnatiladi. U SVT toifasidagi 8 bosqichli avtomatik transmissiyani 148 ot kuchi bilan ta'minlaydi. Avtomobilning oldi g‘ildiraklari yetakchi, ya'ni FVD dir. Avtomobilni boshqarish juda qulay, chunki elektr rulkuchaytirgichga ega. Qolaversa, ABS tormoz tizimi ham avtomobilni to‘xtatishni boshqarish imkonini beradi. Yonilg‘i sarfi aralash siklda 7,5 l/100 km bo‘lib, o‘rindiqlar soni 5/7ta.
Mavzuga oid
10:43 / 25.09.2024
Sirdaryoda odamlar ustiga Captiva haydagan erkak qamaldi. Uning mashinasi esa musodara qilingan
09:47 / 30.05.2024
Sirdaryoda Captiva bilan stadionga tushgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
21:07 / 16.10.2023
Baojun 530 yoki Captiva-5. Ular bir-biridan nimasi bilan farq qiladi?
09:51 / 14.10.2023