Chirchiq daryosi ustidan o‘tuvchi yangi ko‘prik qurilishi boshlandi
Chirchiq daryosi ustidan o‘tuvchi yangi ko‘prik qurilishi boshlandi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi xabar qilmoqda.
Qayd etilishicha, loyiha Transport vazirligi, "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ va Toshkent viloyati hokimligi tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, u Chirchiq shahriga olib kiruvchi 4R12 magistral yo‘li orqali Chirchiq daryosi ustidan o‘tuvchi ko‘prik inshootini o‘z ichiga oladi.
“Yetuk muhandis va loyihachilar tomonidan ko‘plab muhokamalar orqali yanada takomillashtirilgan loyiha o‘zining qulay yo‘l o‘tkazgich yechimiga egaligi, unda to‘xtash hududlari, sug‘orish va irrigatsiya tizimlari, tashqi yoritish qurilmalari e'tiborga olinib, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlariga ham katta ahamiyat berilgani e'tiborlidir”, deyiladi viloyat hokimligi xabarida.
Eslatib o‘tamiz, zamonaviy ko‘prik qurish topshirig‘i prezident Shavkat Mirziyoyevning shu yilning mart oyida Toshkent viloyatiga tashrifi davomida berilgan.
Mavzuga oid
10:50 / 01.11.2024
Chirchiq daryosidan qum-shag‘al aralashmasi qazib olinishi oqibatida 273 mlrd so‘m zarar yetkazildi
10:34 / 23.09.2024
Chirchiqda kanalga tushib ketgan “Spark” chiqarib olindi
07:37 / 13.07.2024
Chirchiqda Janubiy Qozog‘iston universitetining filiali ochiladi
07:28 / 25.06.2024