O‘zbekiston | 12:31 / 03.10.2021
1830
2 daqiqa o‘qiladi

Surxondaryoda sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida 5 yoshli qizaloq vafot etdi

Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida 6 yoshli qizaloq vafot etgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, joriy yil 1 oktabr kuni soat 11:30larda davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan 4R-105 Darband-Elbayon avtomobil yo‘lining Qumqo‘rg‘on tumani G‘alaba mahallasi hududidan o‘tgan 88-kilometrida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Qayd etilishicha, o‘z yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan  Lacetti mashinasi ko‘chani kesib o‘tayotgan 2016 yilda tug‘ilgan qizchani urib yuborgan. Oqibatda qizcha og‘ir tan jarohatlari olib vafot etgan.

Dastlabki surishtiruvda aniqlanishicha, qizcha onasi bilan tanishining uyidan ko‘chaga chiqqan. So‘ng ko‘chaning narigi tarafida turgan otasining mashinasini ko‘rib, onasining e'tiborsizligi tufayli ko‘chadan yolg‘iz o‘zi yugurib o‘ta boshlagan. Shu payt uni o‘z yo‘lidan harakatlanib kelayotgan Lacetti urib yuborgan.

Mavzuga oid