Telegram va TikTok ishida uzilishlar kuzatildi
Downdetector ma'lumotlariga ko‘ra, Telegram foydalanuvchilarida ilovani ishga tushirishda, serverga ulanish va xabar jo‘natishda muammolar kuzatilmoqda.
WhatsApp foydalanuvchilari ommaviy ravishda Telegram messenjeriga o‘tayotgani sababli messenjer serverlari yuklamaga dosh berolmay qoldi. Bu haqda Telegram Twitter akkauntida ma'lum qildi.
“Barcha yangi foydalanuvchilar WhatsApp’dan o‘tayotganidan xursandmiz, ammo serverlar barchaga birdan xizmat ko‘rsatishga qiynalmoqda”, — deyiladi messenjer xabarida.
Downdetector ma'lumotlariga ko‘ra, Telegram foydalanuvchilarida ilovani ishga tushirishda, serverga ulanish va xabar jo‘natishda muammolar kuzatilmoqda.
Shuningdek, TikTok ijtimoiy tarmog‘ida ham nosozliklar yuz berdi.
Ma'lumot berilishicha, foydalanuvchilar Toshkent vaqti bilan soat 21:00dan muammolarga duch kela boshlagan.
TikTok ishidagi nosozliklar asosan Yevropada kuzatilmoqda.
Avvalroq Facebook, Instagram va WhatsApp faoliyatida uzilishlar kuzatilayotgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
18:35 / 23.09.2024
Jinoyatchilarning Telegram raqamlari va IP-manzillari oshkor etiladi – Durov
21:29 / 21.09.2024
TikTok AQSh sanksiyalari tufayli Sputnik va RT akkauntlarini o‘chirib tashladi
20:17 / 21.09.2024
Telegram turli mamlakatlarning huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlik qila boshladi
10:02 / 19.09.2024