Qaysi viloyatlarda qarindoshlar o‘rtasida nikoh tuzish holatlari ko‘proq ekani ma'lum bo‘ldi
Joriy yilning iyul-sentabr oylarida fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlari tomonidan qarindosh bo‘lgan 675 nafar kelin-kuyovning nikohlari qayd qilindi.
Davlat xizmatlari agentligi xabariga ko‘ra, shundan 285 nafar kelin-kuyov bir-biriga nisbatan xolavachcha, 172 nafari tog‘avachcha, 114 nafari amakivachcha va 104 nafari ammavachcha hisoblanadi.
Eng ko‘p qarindoshlar o‘rtasida nikoh qayd qilingan hududlar Surxondaryo (268 ta), Qashqadaryo (179 ta) va Sirdaryo (40 ta) viloyatlari hissasiga to‘g‘ri keladi.
Oila kodeksining 16-moddasiga asosan nasl-nasab shajarasi bo‘yicha to‘g‘ri tutashgan qarindoshlar o‘rtasida, tug‘ishgan va o‘gay aka-ukalar bilan opa-singillar o‘rtasida, shuningdek farzandlikka oluvchilar bilan farzandlikka olinganlar o‘rtasida nikoh tuzish taqiqlanadi.
Mutaxassislar fikricha, yaqin qarindoshlar o‘rtasida nikoh yurak-qon tomir kasalliklarining tug‘ma turlarining kelib chiqishiga sabab bo‘lmoqda.
Mavzuga oid
17:32 / 07.11.2024
Xitoyda yangi oila qurish holatlari rekord darajada kamayib ketdi
14:09 / 02.11.2024
Xitoydagi shaharda kelin 35 yoshdan kichik bo‘lsa, nikohdan o‘tishda hukumat tomonidan pul to‘lanadi
08:10 / 29.10.2024
O‘zbekistonda o‘rtacha necha yoshda nikoh qurilayotgani aytildi
21:28 / 26.10.2024