O‘zbekiston | 08:23 / 06.10.2021
6478
2 daqiqa o‘qiladi

Valuta operatsiyalarini monitoring qilish tartibiga o‘zgartirishlar kiritildi

Soliq qo‘mitasi, Bojxona qo‘mitasi va Markaziy bankning «Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan valuta operatsiyalari amalga oshirilishining asoslanganligi yuzasidan monitoring olib borish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida»gi qarori qabul qilindi.

Foto: Kun.uz

Hujjat prezidentning 22.09.2020 yildagi PF-6065-son, 23.03.2021 yildagi PF-6191-son farmonlari hamda Vazirlar Mahkamasining 9.10.2020 yildagi 637-son qaroriga muvofiq qabul qilindi.

Xo‘jalik yurituvchi sub'yektning shaxsiy kabineti mavjud bo‘lmasa, so‘rovnoma davlat organlari va tashkilotlari tomonidan yo‘llanuvchi xat-xabarlarni yetkazib berish, yetkazilganligini tasdiqlash, ma'lumotlarni saqlash va hisobga olishning yagona milliy tizimidan foydalanilgan holda pochta aloqasi obektlari tarmog‘i orqali yuboriladi hamda belgilangan nazorat muddatlarida yetkazib berilgan hisoblanadi (ilgari so‘rovnoma pochta orqali buyurtma xat bilan yuborilgan va u yuborilgan kundan keyin 5 kun o‘tgach olingan hisoblanar edi).

Jismoniy shaxslarning amalga oshirilishi asoslanmaganligi belgilari mavjud bo‘lgan valuta operatsiyalari to‘g‘risidagi ma'lumot shakliga tuzatishlar kiritildi. Endi unga jismoniy shaxsning pasport ma'lumotlaridan tashqari, identifikatsiya ID-kartasi ma'lumotlari ham kiritiladi.

Hujjat qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasida e'lon qilingan va 30.09.2021 yildan kuchga kirdi.

Mavzuga oid