Surxondaryoda jinoyat ishlari bo‘yicha sudlanganlarning 76,5 foizi ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo olgani ma'lum qilindi
Surxondaryo viloyati prokuraturasi joriy yil 9 oy mobaynida bajarilgan ishlar hisobotini e'lon qildi. Unga ko‘ra viloyat, tuman va shahar sudlarida 1 558 ta jinoyat ishi ko‘rib chiqilgan. Sudlanganlarning 76,5 foizi ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo olgan. Bu haqda viloyat prokuraturasi xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 9 oy davomida jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat, tuman va shahar sudlari tomonidan 2 192 nafar shaxsga nisbatan 1 558 ta jinoyat ishi ko‘rilgan bo‘lib, ularning barchasida prokuror ishtiroki ta'minlangan.
Qayd etilishicha, sudlar tomonidan 1 221 ta jinoyat ishi bo‘yicha 1 807 nafar shaxsga nisbatan ayblov hukmi chiqarilgan. Sudlangan shaxslarning 423 nafariga yoki 23,5 foiziga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Qolgan 1 384 nafariga yoki 76,5 foiziga shaxsni ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa jinoiy huquqiy ta'sir choralari qo‘llanilgan.
Shuningdek, o‘tgan davrda 310 ta jinoyat ishi taraflarning yarashganligi munosabati bilan tugatilgan. Apellyatsiya instansiyasida 587 nafar shaxsga nisbatan 342 ta ish ko‘rib chiqilib, 114 nafar shaxsga nisbatan 83 ta jinoyat ishi bo‘yicha chiqarilgan sud qarorlari bekor qilingan yoki o‘zgartirilgan. Shundan 80 nafar shaxsga nisbatan 52 ta jinoyat ishi (samaradorlik 70,2 foiz) prokurorlarning protestlariga asosan qonunga muvofiqlashtirilgan.
Ta'kidlanishicha, joriy yil 9 oy davomida Surxondaryo viloyat prokuraturasi organlarining protesti va Bosh prokuraturaga kiritilgan taqdimnomalariga asosan 38 nafar shaxs aybsiz deb topilgan. Reabilitatsiya asoslariga ko‘ra oqlanishi natijasida ularning buzilgan hukuqlari tiklangan.
Bundan tashqari, tuman (shahar) prokurorlarining apellyatsiya tartibidagi protestiga asosan 6 nafar shaxs sud zalidan qamoqdan ozod qilingan, 4 nafar shaxs jazodan ozod qilingan bo‘lsa, 4 nafar shaxsga nisbatan tayinlangan jazolar yengillashtirilgan.
Mavzuga oid
19:12 / 31.10.2024
“Xalqimizning soddaligi sabab bo‘lmoqda”- Toshkent shahar sudi raisi Panorama Airways ishiga to‘xtaldi
14:10 / 31.10.2024
Sudgacha sanatsiya qilish jarayonida davlat tomonidan yordam ko‘rsatiladi
18:06 / 17.10.2024
Qashqadaryoda sudya yordamchisi o‘zini ishdan bo‘shatgan sud raisi ustidan shu sudga da’vo kiritdi
11:08 / 17.10.2024