Navoiyda savdo do‘konidan 40 mln so‘m pulni o‘g‘irlab ketgan fuqaro qo‘lga olindi
Navoiy viloyatining Qiziltepa tumanida qurilish va xo‘jalik mollari do‘konidan 40 mln so‘m pulni o‘marib ketgan fuqaro ushlandi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, tumanning Zarmitan mahallasida istiqomat qiluvchi I.I uyini ta'mirlash maqsadida Azizobod mahallasidagi qurilish va xo‘jalik mollari do‘koniga borgan. Xaridor do‘kon egasi tashqariga chiqqan vaqtda savdo rastasida turgan 40 mln so‘m pulni o‘g‘irlab ketgan.
Pulning yo‘qolganini do‘kon egasi bir necha soatdan keyin sezib qolgan hamda tuman IIBga murojaat qilgan. Bu paytda I.I. 11 mln so‘mga mol bozoridan sigir sotib olgan va qolgan pulni uyining ta'miriga sarflab yuborgan.
Olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida I.I. qo‘lga olingan. Hozirda holat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
12:32 / 06.11.2024
Misr Navoiydagi mis konida burg‘ilash ishlarini boshladi
16:28 / 01.11.2024
Zarafshon shahri aeroporti faoliyati tiklanishi mumkin
12:39 / 01.11.2024
Kichik GESlar “sanoat ipotekasi” asosida tadbirkorlarga beriladi
12:38 / 01.11.2024