Jahon | 11:13 / 12.10.2021
23232
3 daqiqa o‘qiladi

Foto: Xitoyda suv toshqinlari. Qariyb 2 mln kishi uyini tark etishga majbur bo‘ldi, qurbonlar soni aniq emas

Xitoyning Shansi provinsiyasida bir haftadan buyon tinmayotgan kuchli yomg‘irlar keng ko‘lamli suv toshqinlarini yuzaga keltirgan. Suv oqimi tufayli hududda yashovchi 1 million 760 ming kishi uylarini tark etishga majbur bo‘ldi.

Hozircha tabiiy ofat hududida sodir bo‘lgan ko‘chki natijasida halok bo‘lgan to‘rt nafar politsiyachi haqida ma'lum qilingan. Jami qurbonlar soni hozircha aniq emas. 

Tabiiy ofat provinsiyaning 70dan ortiq tuman va shaharlaridagi uylarni vayron qilgan va ko‘chkilarga sabab bo‘lgan. Shu bilan birga, davom etayotgan yomg‘irlar qidiruv-qutqaruv ishlarini qiyinlashtirmoqda.

Shansi rasmiylari bir necha kun oldin suv toshqinlariga tayyorgarlik ko‘ra boshlagandi. Ishchilar tuproqdan tiklangan g‘ovlarni mustahkamlagandi, ammo ayrim joylarda suv baribir aholi turar joylarga o‘tib ketdi / Getty Images
Shaharlar aholisi shlanglar yordamida uylariga kirib ketgan suvni chiqarib tashlashga urinmoqda - ammo ko‘chalar ham suvga to‘lgan.
Mahalliy nashrlar xabariga ko‘ra, butun provinsiya bo‘ylab suv toshqinlari tufayli 1,8 kishi evakuatsiya qilingan. Odamlarni xavfsiz joylarga ko‘chirish ishlari davom etmoqda / Getty Images
Kuchli yomg‘irlar davom etayotgani qutqaruvchilarga xalaqit bermoqda / Getty Images
Xitoy shimolidagi Shansida yomg‘irlar o‘tgan haftada boshlangandi. Bu ayrim joylarda aholi yashash punktlari yaqinida ko‘chkilarni keltirib chiqargan. Hozirda tabiiy ofat provinsiyadagi 70dan ortiq uyezdga ta'sirini ko‘rsatgan / Getty Images
Suv toshqinlari Xitoyda boshlangan energetik inqirozni yanada og‘irlashtirishi mumkin. Provinsiya hukumati 60ta ko‘mir shaxtasi faoliyatini to‘xtatgan, boshqa turdagi 372 shaxta va 14ta ximiya zavodi ham ishlamayapti / Getty Images
Dala maydonlari bilan o‘rab olingan Tszesyu shahrida suv yakshanba kuniyoq shahar chetidagi binolarga yetib kelgandi. Shansi provinsiyasida suv toshqini xavfi ostida qolgan ko‘plab tarixiy obidalar mavjud / Getty Images
Suv toshib kirgan ko‘chalarda niqobli dezinfektorlar ishlamoqda / Getty Images
Dushanbaga o‘tar kechasi Xenan provinsiyasi shimolida ishchilar va qutqaruvchilar suv bilan kurashmoqda. Bir necha oy muqaddam ushbu provinsiyadagi suv toshqinlari oqibatida 300 kishi halok bo‘lgandi / Getty Images

Mavzuga oid