Toshkentda yo‘lovchi tashuvchi «Gazel» va «Spark» ishtirokida to‘qnashuv yuz berdi
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi yuzasidan ma'lumot tarqaldi. IIV YHXBB holat bo‘yicha rasmiy axborot berdi.
Joriy yilning 12 oktabr kuni soat 14:00larda Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Beruniy-Navoiy-Samarqand darvoza ko‘chalari kesishgan chorrahada haydovchi, 1973 yilda tug‘ilgan G‘.A. boshqaruvidagi "Gazel" rusumli yo‘lovchi tashuvchi avtomobil hamda haydovchi, 1989 yilda tug‘ilgan A.M. boshqaruvida bo‘lgan "Spark" rusumli avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘lgan.
To‘qnashuv natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q. Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
09:16 / 29.09.2024
Termizda yopiq temiryo‘l kesishmasidan o‘tmoqchi bo‘lgan Gazel poyezd tagida qoldi
12:20 / 28.09.2024
“Tezligim 80 da edi” – 19 yoshli qizni urib yuborgan haydovchi qamoqqa olindi
22:30 / 27.09.2024
“Uy-joy bozori haliyam yovvoyi holatda” – ekspertlar bilan katta suhbat
19:10 / 27.09.2024