Tanqidga munosabat: Sariosiyodagi suv muammosi bartaraf etildi
Joriy yil 14 oktyabr kuni Surxondaryo | Kun.uz Telegram-kanalida Sariosiyo tumani Sharq yulduzi mahallasida joylashgan 2 sotixli namunali uylarda 11 oktyabrdan buyon ichimlik suv ta'minoti uzilib qolgani yuzasidan aholi tomonidan yo‘llangan murojaat berildi. Tuman hokimligi axborot xizmati mazkur murojaat yuzasidan munosabat bildirdi. Unga ko‘ra, muammo qisqa muddatda bartaraf etilgan.
Munosabatda yozilishicha, aholi tomonidan yo‘llangan murojaat tuman hokimligi tomonidan tuzilgan ishchi guruh tomonidan joyida o‘rganilgan. O‘rganish davomida aniqlanishicha, Sariosiyo tumani Sharq yulduzi mahallasida joylashgan 2 sotixli namunali uylar oldida yangi bino qurilmoqda.
Bu yerda yer qazish ishlari amalga oshirish vaqtida aholini toza ichimlik suv bilan ta'minlaydigan 89 detsimetr o‘lchamdagi quvur tasodifan uzib yuborilgan. Oqibatda avariya holati vujudga kelgan va muammo bartaraf etilguncha aholiga suv yetkazib berish to‘xtatilgan.
Qayd etilishicha, ayni vaqtda holat mas'ul xodimlar tomonidan bartaraf etilib, aholiga ichimlik suv doimiy ravishda yetkazib berilmoqda.
Mavzuga oid
21:48 / 28.10.2024
Qirg‘iziston qo‘shni davlatlarga qancha suv berayotganini e’lon qildi
12:00 / 26.10.2024
Qishloq xo‘jaligida suv olish limiti xalq deputatlari kengashi tomonidan tasdiqlanadi
13:30 / 25.10.2024
Suv resurslarini samarali boshqarish tizimi joriy etiladi
18:50 / 21.10.2024