O‘zbekiston | 12:09 / 16.10.2021
12170
1 daqiqa o‘qiladi

Prezident 20 mln so‘m oylik olayotgan jarroh haqida gapirdi

Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyati saylovchilari bilan uchrashuv davomida 20,5 mln so‘m oylik olayotgan jarroh haqida gapirib o‘tdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

Foto: Milliy mass-media fondi

“Menga bir o‘qituvchi aytyapti, 3 yil oldin 1,1 mln so‘m oylik olardim, hozir 5,5 mln olyapman. Siz meni ilmga qaytardingiz, dedi. 

Andijondagi klinikada xirurgiya kafedrasi mudiri men bilan uchrashuvda shunday dedi: “Men fan doktoriman, kafedra mudiriman, jarrohman. 5 yil oldin 1,7 mln so‘m oylik olardim. Odamlar qo‘liga qarashga majbur edim. Hozir 20,5 mln so‘m oylik olyapman. Yuzim yorug‘ bo‘ldi, qo‘lga qarashimga hojat qolmadi”.

Men avval ham aytganman – o‘qituvchilar maoshini 1000 dollarga yetkazmaguncha tinchimayman. Bir so‘m pul topsam, ellik tiyini shularniki”, – deya prezidentlikka nomzodning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Mavzuga oid