Jahon | 13:16 / 17.10.2021
6631
2 daqiqa o‘qiladi

Tarixdagi ilk fazoviy “kinoekipaj” koinot stansiyasidan qaytdi

Foto: Bill Ingalls/NASA via Getty Images

5 oktyabrda Xalqaro koinot stansiyasiga “Vyzov” (Chaqiruv) deb nomlangan badiiy film sahnalarini suratga olish uchun yo‘l olgan rossiyalik kinoijodkorlar - aktrisa Yuliya Peresild va film rejissyori Klim Shipenko “Soyuz MS-18” kemasida Yerga qaytdi. Ularga fazogir Oleg Novitskiy hamrohlik qilgan.

Kemaning Yerga tushiriluvchi qurilmasi Qozog‘istonda qo‘ngan. Qurilma qo‘nish joyiga 200 ga yaqin harbiy, 12 ta Mi-8MTV5-1 vertolyoti, 3 ta An-12 va An-26 samolyoti hamda 20 taga yaqin maxsus texnika jo‘natilgan.

5 oktyabrda Rossiyaning “Soyuz MS-19” fazoviy kemasi tarixda birinchi marta kinoijodkorlardan tashkil topgan ekipaj bilan Xalqaro koinot stansiyasiga yo‘l olgandi.

Shipenko va Peresild stansiyada fazoda suratga olinadigan birinchi badiiy film ustida ishlar olib borishgan. Filmda fazogirning hayotini saqlab qolish uchun zudlik bilan fazoga yo‘l olishiga to‘g‘ri keladigan ayol shifokor haqida so‘z boradi.

Mavzuga oid