Navoiyda fuqarodan fotosurat va videolarini internetda tarqatib yubormaslik evaziga 30 mln so‘m talab qilgan shaxs ushlandi
Navoiyda fuqaroni ijtimoiy tarmoqlar orqali obro‘sizlantirmoqchi bo‘lgan tovlamachi qo‘lga olingan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, fuqaro D.X. boshqa bir fuqaro N.ning qadr-qimmati va obro‘yiga putur yetkazishi mumkin bo‘lgan fotosurat va videolarni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatib yuborishi bilan qo‘rqitib, undan 30 mln so‘m talab qilgan. U tanishi D.ning plastik kartasiga 29,7 mln so‘m o‘tkazib olgan vaqtida o‘tkazilgan tezkor tadbirda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Oldinroq Navoiyda Navbahor tumani hokimligi zaxirasida bo‘lgan 40 sotix yer maydonini sotmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olingandi.
Mavzuga oid
12:16 / 01.11.2024
Navoiyda odamlar daromadini ko‘paytirish masalasi ko‘rib chiqildi
21:27 / 31.10.2024
Navoiy davlat universiteti tashkil etildi
21:16 / 31.10.2024
Prezident Navoiy viloyatida yirik va strategik loyihalar bilan tanishdi
16:28 / 31.10.2024