Telegram Snoudenning tanqididan so‘ng uning nomiga ochilgan kanal soxta ekanini bildiruvchi belgi qo‘ydi
Edvard Snouden 2019 yilda amaldorlarni WhatsApp va Telegram messenjerlaridan foydalanmaslikka chaqirgandi.
AQSh milliy xavfsizlik agentligi sobiq xodimi Edvard Snouden Telegram rahbariyatini soxta akkauntlarni nazorat qilmasligi sababli tanqid qildi.
“Telegram quyidagi akkaunt soxtaligini va mening bu messenjerda akkauntim yo‘qligini biladi. Ammo ular bu yigitga “Official_EdwardSnowden” nomi ostida turli bo‘lmag‘ur narsalarni yozishiga va Telegram foydalanuvchilari 80 ming martadan ortiq ko‘rgan svastika belgisini qo‘yishiga ruxsat beradi”, — deb yozdi u Twitter sahifasida.
“Telegram bu akkauntni boshqarayotgan firibgarni bilmaydi demang. Telegram mutaxassislari bu haqda izoh so‘ralganida nima qilishdi? Shunchaki javob bermay qo‘yishdi”, — deb ta'kidlagan Snouden.
Shundan so‘ng Telegram Snoudenning nomiga ochilgan kanalning soxtaligini bildiruvchi FAKE belgisini qo‘ydi.
Snouden 2019 yilda amaldorlarni WhatsApp va Telegram messenjerlaridan foydalanmaslikka chaqirgandi.
“Har ikki dastur SMS yoki kodlash tizimi yo‘q telefondan ko‘ra yaxshi, ammo agar bosh vazir bo‘lsangiz, ulardan foydalanish tavakkalchilik bo‘ladi. Hukumatda kimdir WhatsApp’dan foydalanayotgan bo‘lsa, bu xato”, — degandi Snouden.
Mavzuga oid
20:17 / 21.09.2024
Telegram turli mamlakatlarning huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlik qila boshladi
10:02 / 19.09.2024
Telegram’dan soxta havola jo‘natib o‘zganing pullarini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi
23:29 / 18.09.2024
Durov farzandlarining onasi Telegram aktivlariga da’vo qilmoqda
10:00 / 07.09.2024