Turkiya AQSh qiruvchi samolyotlari o‘rniga Rossiya samolyotlarini sotib olishi mumkinligi ma'lum qilindi
2017 yil dekabrda Rossiya va Turkiya S-400 zenit-raketa tizimlarini yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolagandi. AQSh Turkiyani ushbu shartnomadan voz kechishga chaqirgan.
Agar Vashington Anqaraga F-16 qiruvchi samolyotlarini sotmaydigan bo‘lsa, Turkiya Rossiyaning Cu-35 va Su-57 samolyotlarini sotib olishi mumkin. Bu haqda Turkiya mudofaa vaziri Ismoil Demir ma'lum qildi.
«Agar F-16 samolyotlari xaridi jarayoni natija keltirmasa, Turkiya muqobil yo‘lsiz qolmaydi. Zarur bo‘lsa, istalgan vaqtda Su-35 va Su-57 mavzusi ochilishi mumkin. Mudofaa sanoatimiz xavfsizligimizni ta'minlash uchun barcha narsani amalga oshirmoqda va qo‘shimcha narsa kerak bo‘lsa, har doim yo‘lini topamiz»,— dedi Demir.
17 oktyabr kuni Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an AQSh Anqara F-35 qiruvchi samolyotlarini ishlab chiqarish dasturidan chetlatilganidan so‘ng F-16 samolyotlarini sotib olishni taklif qilganini aytdi.
2017 yil dekabrda Rossiya va Turkiya S-400 zenit-raketa tizimlarini yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolagandi. AQSh Turkiyani ushbu shartnomadan voz kechishga chaqirgan, 2019 yil aprelda Pentagon Turkiyaga F-35 qiruvchi samolyotlarini yetkazib berish rejasini bekor qilgan.
Mavzuga oid
23:13 / 21.09.2024
Harris saylov kampaniyasida Trampdan uch barobar ko‘p mablag‘ to‘pladi - OAV
20:40 / 21.09.2024
Shimoliy Koreyaga qochib o‘tgan amerikalik askar sharmandalarcha armiyadan haydalgani ma’lum bo‘ldi
17:10 / 21.09.2024
AQShda “politsiyachi” robot jinoyatchini tutib berdi
16:27 / 21.09.2024