6 oylik kurslarda o‘qib, yurist bo‘lib ishlash imkoniyati borligini bilasizmi?
Bugungi kunda yuridik ta'lim olish, mehnat bozorida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan, yuridik sohada samarali faoliyat olib boradigan yuridik kadrlarni tayyorlash borasida keng imkoniyatlar yaratilmoqda.
Shulardan biri sifatida Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 14 iyundagi 453-son qarori bilan Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar bo‘yicha professional o‘qitish markazida yuridik mutaxassislikka qayta tayyorlash kurslari tashkil etilganini aytish mumkin.
Mazkur kurslar davlat organlari va tashkilotlarning yuridik ma'lumot hamda bilim talab etadigan kasb va lavozimlarida faoliyat olib borish uchun yetarli darajadagi bilim olish va ko‘nikma shakllantirishni nazarda tutadigan oliy ta'limdan keyingi o‘qitish shakli hisoblanadi.
Oliy ma'lumotga ega bo‘lgan barcha shaxslar hujjat topshirishlari hamda suhbat tarzidagi kirish imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tib, qayta tayyorlash kursiga o‘qishlari mumkin.
Qabul kvotasi 100 nafar (davlat tilida), to‘lov-kontrakt miqdori esa 13 300 000 so‘m etib belgilangan mazkur kurslarga qabul 31 oktyabrga qadar centerqabul.tsul.uz sayti orqali amalga oshiriladi.
Kurs bitiruvchilariga davlat namunasidagi diplom berilib, ular davlat organlari va boshqa tashkilotlarining yuridik xizmatida, shuningdek fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida ishlash huquqiga ega bo‘ladilar.
Qo‘shimcha ma'lumotlarni +998712332214 telefon raqami yoki @centersul telegram kanali orqali olishingiz mumkin.
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
15:20 / 19.09.2024
“Yuridik universitetga 4 ball yetmadi, shunda ham 317 mln so‘m to‘lashim kerak ekan” - Super kontraktda nima o‘zgardi?
14:00 / 25.07.2024
“Abituriyentlarga huquq fanidan tushgan savollar ishchi guruh tuzib o‘rganib chiqiladi” - TDYuU rektori
18:24 / 23.07.2024
TDYuU huzuridagi akademik litseylarga kirish imtihonlari kuni va vaqti aniq bo‘ldi
21:36 / 28.02.2024