Surxondaryoda 266 ta kaptarni noqonuniy ovlagan shaxsga sud 106 oy axloq tuzatish ishlari jazosini berdi
Surxondaryo viloyatining Jarqo‘rg‘on tumanida 266 ta kaptarni noqonuniy ovlagan shaxsga sud hukmi o‘qilgan. Uning ov quroli musodara qilinib, 106 oy axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan. Bu haqda ekologiya muammolarini yoritib keladigan ekologuz kanali xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, Jarqo‘rg‘on tumanida yashovchi A.E. ovchilik guvohnomasi va ov quroli bilan 10 tagacha kaptar ovlashga ruxsatnomasi bo‘laturib 266 ta kaptarni noqonuniy ovlagan. Ushbu holat Surxondaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi nazorat inspeksiyasi va Jarqo‘rg‘on tuman inspeksiyasi inspektorlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor reyd tadbirlarida aniqlangan.
Qayd etilishicha, aniqlangan holat yuzasidan Jarqo‘rg‘on tuman sudi qarori bilan fuqaro A.E.ga 106 oy muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan. Unga tegishli bo‘lgan ovchilik guvohnomasi olib qo‘yilib, ov quroli davlat foydasiga musodara qilingan.
Shuningdek, 266 ta kaptarni o‘ldirib, hayvonot dunyosiga yetkazgan zarari uchun 32 million 585 ming so‘m Surxondaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi foydasiga undirish belgilangan.
Mavzuga oid
13:57 / 18.09.2024
Surxondaryoda sodir bo‘lgan YTHda uch nafar sinfdosh yigit halok bo‘ldi
07:29 / 06.09.2024
Surxondaryoda 9400 tup daraxt nobud bo‘lishi mumkin
12:31 / 31.08.2024
Surxondaryoda «Zarchob-1A» kichik GESi ishga tushdi
11:37 / 30.08.2024