Jizzaxda joriy yilning o‘tgan 9 oyida sodir bo‘lgan yong‘inlar soni ma'lum qilindi
Jizzax viloyatida joriy yilning o‘tgan davrida 283ta yong‘in sodir bo‘ldi. Oqibatda 4 nafar fuqaro og‘ir tan jarohati olgan. Moddiy zarar miqdori 15 mlrd so‘mga yaqin. Bu haqda FVV bosh boshqarma boshlig‘i O‘lmas Muzaffarov ma'lum qildi.
Umumiy yong‘inlarning 210 tasi aholi turar joylarida sodir bo‘lgan. Shundan 35 foizi elektr uskunalarining nosozligi, 14 foizga yaqini isitish pechlaridan noto‘g‘ri foydalanish va 20 foizga yaqini olovdan ehtiyotsizlik bilan foydalanish oqibatida yuz bergan.
Hududlar kesimida eng ko‘p yong‘inlar Sharof Rashidov tumani (50 ta), Jizzax shahri (43 ta) va G‘allaorol tumanida (30 ta) sodir bo‘lgan.
2021 yilning 9 oyida respublika bo‘yicha jami 7641 ta yong‘in sodir bo‘lgan. Ularning 74,6 foizi aholi turar joylarida yuz bergan. Oqibatda 186 kishi turli darajadagi tan jarohatini olgan va 79 kishi vafot etgan. Yong‘in oqibatida ko‘rilgan zarar miqdori 123 mlrd so‘mdan ziyodni tashkil etdi.
Mavzuga oid
14:57 / 05.11.2024
Qamchiq dovonida yana yuk mashinasi yonib ketdi
15:34 / 03.11.2024
Qamchiq dovonida yuk mashinasi yonib ketdi
17:49 / 31.10.2024
Toshkentdagi ko‘p qavatli uyda yong‘in chiqdi. Bir kishi halok bo‘lgan
21:01 / 29.10.2024