Jizzaxda boshqaruvni yo‘qotib ikkita mashina bilan to‘qnashgan “Damas” haydovchisi vafot etdi
Jizzaxda sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida boshqaruvni yo‘qotgan “Damas” ikkita mashina bilan to‘qnashgan. Oqibatda uning haydovchisi voqea joyida vafot etgan. Bu haqda Jizzax viloyati IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, joriy yil 14 oktyabr kuni soat 15:45 larda davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan 4R-35 Jizzax–Gagarin avtomobil yo‘lining Sharof Rashidov tumani hududidan o‘tgan 17-kilometrida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Jizzax shahrida yashovchi haydovchi o‘z boshqaruvida bo‘lgan “Damas” mashinasi bilan Paxtakor–Jizzax yo‘nalishida harakatlanib ketayotib boshqaruvni yo‘qotgan. Natijada avval yo‘l chetida to‘xtab turgan Sharof Rashidov tumanida yashovchi shaxsga tegishli “Matiz” mashinasini urib yuborgan.
So‘ng qarama-qarshi yo‘nalishdan harakatlanib kelayotgan “Neksiya” mashinasi bilan to‘qnashgan. “Neksiya” mashinasi yo‘l chetiga chiqib ag‘darilib ketgan. Oqibatda “Damas” mashinasi haydovchisi og‘ir tan jarohatlari olib, voqea joyida vafot etgan.
Mavzuga oid
09:25
Jizzaxda qariyb 800 mln so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan fuqaro aniqlandi
08:30 / 28.10.2024
Jizzaxda ikkita yuk mashinasi to‘qnashdi
22:09 / 14.10.2024
Jizzax viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi
20:36 / 12.10.2024