“Mast holda avtomobil boshqarish holatlari har kuni uchrayapti” - Toshkentda tungi reyd
Ayni kunlarda Toshkent shahrida “Xavfsiz poytaxt” tungi reydlari o‘tkazilmoqda.
Shahar yo‘l patrul xizmati xodimlariga ko‘ra, profilaktik tadbirlar davomida ko‘chalarda harakat xavfsizligini ta'minlash, haydovchilar tomonidan sodir etiladigan qoidabuzarliklarning oldini olish maqsad qilingan.
Kun.uz muxbiri mazkur jarayonlardan lavha tayyorlash uchun Uchtepa tumani Shirin ko‘chasida o‘tkazilgan navbatdagi reydda ishtirok etdi.
“Profilaktik tadbirlarning har bir kunida ayrim haydovchilarda mastlik holatlari, avtomobilni tegishli hujjatlarsiz boshqarish, ichki ishlar idoralari xodimlarini qonuniy talabini bajarmaslik kabi qo‘pol qoidabuzarliklar aniqlanmoqda.
Avtoulovlarda o‘tkir tig‘li buyumlar, psixotrop moddalar topilayotgan vaziyatlar ham mavjud. Tadbirimiz boshlanganidan beri qo‘pol qoidabuzarliklar, yo‘l-transport hodisalari ham kamayganiga guvoh bo‘lmoqdamiz. Biroq baribir yo‘l harakati qoidalariga rioya qilmayotgan haydovchilar uchraydi. Ularda aniqlangan qoidabuzarlik bo‘yicha qonuniy chora ko‘rilyapti”, – deydi inspektor A'zamjon Nozimjonov.
YPX xodimiga ko‘ra, tungi vaqtlarda mast, avtomobil hujjatlari mavjud bo‘lmagan haydovchilar ko‘proq uchraydi. Ayniqsa, oxirgi paytlarda psixotrop moddalar iste'mol qilib mashina haydayotgan haydovchilar, shuningdek, yo‘lovchilar soni ham ortib bormoqda.
Mavzuga oid
22:45 / 10.11.2024
Toshkentda «zakladchik»ni kaltaklagan uch nafar shaxs qo‘lga olindi
10:47 / 08.11.2024
Toshkentda ayrim ko‘chalar yopilishi haqidagi xabarlar rad etildi
16:17 / 07.11.2024
“Toshkent shahri atrofidagi issiqxonalarning 60 foizi ko‘mir, rezina shinalar yoqyapti” – Ekologik partiya
20:44 / 06.11.2024