O‘zbekiston | 10:04 / 25.10.2021
10757
2 daqiqa o‘qiladi

Jizzaxda sodir bo‘lgan YTHda navoiylik ikki nafar yo‘lovchi vafot etdi

Foto: IIB axborot xizmati

Jizzax viloyati Forish tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida navoiylik ikki nafar yo‘lovchi vafot etgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, joriy yil 16 oktyabr kuni soat 19:05 larda davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan 4R-36 Jizzax-Forish-Qizilcha avtomobil yo‘lining Forish tumani Do‘stlik mahallasi hududidan o‘tgan 111-kilometrida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Navoiy viloyati Nurota tumani Sintob mahallasida yashovchi haydovchi Nexia-3 mashinasini Forish-Nurota yo‘nalishida boshqarib ketayotib boshqaruvni yo‘qotgan. Natijada mashina yo‘lning chap tomoniga ag‘darilib ketgan. Oqibatda mashinada yo‘lovchi sifatida ketayotgan 2001 va 2003 yillarda tug‘ilgan, Nurota tumani Sintob mahallasida yashovchi fuqarolar og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan.

Qayd etilishicha, mazkur hodisa yuzasidan Forish tumani IIB tergov bo‘limi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid