O‘zbekiston | 14:33 / 25.10.2021
3954
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonga Pfizer vaksinasining navbatdagi partiyasi keltirildi

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi

SSV O‘zbekistonga keltirilgan va ishlab chiqarilgan vaksinalar miqdori 35 million 200 ming dozadan oshgani haqida xabar berdi.

«Hozirgina yurtimizga Pfizer/BioNTech vaksinasining 273 780 dozalik partiyasi olib kelindi.

Shunday qilib, yurtimizda emlash jarayonlarida foydalanilayotgan jami vaksina 35 225 138 dozani tashkil qilmoqda», deyiladi xabarda.

Ulardan:

  • 1 594 480 dozasi AstraZeneca;
  • 25 933 818 dozasi ZF-UZ-VAC2001;
  • 720 500 dozasi Sputnik V; 
  • 3 000 060 dozasi Moderna;
  • 2 000 280 dozasi Pfizer/BioNTech;
  • 1 976 000 dozasi Sinovac vaksinasidir.

Shundan 25 101 646 dozasi emlash jarayonlarida qo‘llangan.

Bungacha O‘zbekistonga  vaksinasining ikki partiyasi keltirilgandi - 18 oktabr kuni 526 500 doza, 25 oktabr kuni 273 780 doza.

Ma'lumot uchun, COVAX - JSST, GAVI va CEPIvaccines hamda UNICEF ni birlashtirgan global tashabbus hisoblanadi. UNICEF vaksinalarni sotib olish va yetkazib berishda yetakchi rolni o‘ynaydi. 

UNICEF Uzbekistan
UNICEF Uzbekistan

Mavzuga oid